Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Suriyada hukumat kuchlari va Isroilga do‘stona munosabatda bo‘lgan druzlar otryadlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi — OAV

Suriyada hukumat kuchlari va Isroilga do‘stona munosabatda bo‘lgan druzlar otryadlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi — OAV

Xabar berilishicha, jangovar harakatlar asosan druzlar yashovchi Saxna shahrida sodir bo‘lmoqda. Suriya Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, hukumat kuchlari shaharga kirish yo‘llarida Isroil harbiy-havo kuchlari dronlari tomonidan bir necha bor hujumga uchragan. Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) Damashq atrofida zarbalar berganini tasdiqladi.

SAXALga ko‘ra, zarbalar druzlarga qarshi hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan guruhlarga qaratilgan edi.

Shuningdek, As-Suvayda shahrining g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy hududlarida druzlar bilan qattiq to‘qnashuvlar yuz bergani haqida xabar berilgan. Sharqiy Gutadagi bir nechta masjidlarda baland ovozli karnaylar orqali druzlarga qarshi umumiy safarbarlikka chaqiriqlar yangrayotgani aytilmoqda.

Druzlar jamoasi diniy yetakchisi Damashqdagi hukumatga nisbatan ishonch yo‘qolganini bildirib, hududga xalqaro kuchlarni kiritishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada yangi hukumat qo‘shinlari isyon ko‘targan alaviylarga qarshi harbiy operasiya uyushtirgan edi.

Kiritildi: 15:30 01.05.2025. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!