Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Suriyada Bashar al-Assad rejimi qulagandan keyin ilk bor parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi

Suriyada Bashar al-Assad rejimi qulagandan keyin ilk bor parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi

Suriyada joriy yilning kuzida yangi hokimiyat ostida ilk parlament saylovlari o‘tkaziladi.

Bu haqda Milliy assambleyaga saylovlar bo‘yicha Oliy komissiya raisi Muhammad Taha al-Ahmad ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi Milliy assambleyaga saylovlar 15-20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.Asosiy o‘zgarishlar orasida “2011 yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra qayta taqsimlangan holda deputatlik o‘rinlari sonini 150 dan 210 tagacha oshirish” kiradi. Ulardan 70 nafari bevosita prezident tomonidan tayinlanadi. Al-Ahmad, shuningdek, “jinoiy deb topilgan guruhlarni qo‘llab-quvvatlagan yoki mamlakatda mazhablararo yoki etnik nizolarni qo‘zg‘atishga hissa qo‘shgan nomzodlar saylovlarda qatnashishiga ruxsat etilmasligini” ta’kidladi.

Komissiya, shuningdek, saylovlar fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar nazorati ostida o‘tishi, saylovchilar ro‘yxati va saylov natijalariga e’tiroz bildirilishi mumkinligiga ishontirdi.

Kiritildi: 09:30 28.07.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!