Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriya xavfsizlik kuchlari Livan chegarasidagi hududni nazoratga oldi

Suriya xavfsizlik kuchlari Livan chegarasidagi hududni nazoratga oldi

Suriyaning yangi hukumati qo‘l ostidagi xavfsizlik kuchlari Livan bilan chegaradagi Xoms shahridan janubda joylashgan Haush al-Sayyid Ali aholi punkti hududini nazoratga oldi.

Bu haqda armiya vakillariga tayanib, Al Hadath telekanali xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular bu aholi punktidan Suriya tomoniga ko‘ra, chegara yaqinidagi turar-joylarni o‘qqa tutayotgan “Hizbulloh” jangarilarini haydab chiqargan. Suriya xavfsizlik rasmiylarining aytishicha, ular Livan bilan chegarani nazorat qilish uchun keng qamrovli reja ishlab chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Suriya-Livan chegarasida vaziyatning keskinlashuvi 16 mart kuni boshlangan edi. Al Nahar gazetasining yozishicha, Suriya maxsus kuchlari bo‘linmasi Livan hududiga adashib kirgan va u yerda mahalliy qabila jangarilari tomonidan hujumga uchragan, natijada Suriya elita kuchlarining uch nafar jangchisi halok bo‘lgan. Suriya Ichki ishlar vazirligidagi manba voqeaning boshqacha versiyasini taqdim etib, aybni yakshanba kuni Suriya chegarasini kesib o‘tib, xavfsizlik kuchlarining uch zobitini o‘g‘irlab ketgan va o‘ldirgan Hizbulloh a’zolariga yuklagan. Hizbulloh matbuot xizmati o‘z bayonotida Livan-Suriya chegarasida sodir bo‘layotgan voqealarga aloqadorligini rad etdi.

Al Hadath telekanaliga ko‘ra, chegaradagi otishmalar natijasida Suriya kuchlari jami olti jangchisini yo‘qotgan. Livan hududida Suriya tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida bir bola halok bo‘ldi va yana to‘rt nafar tinch aholi yaralandi.

Kiritildi: 23:21 17.03.2025. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!