Suriya prezidenti Ahmad al-Shara yakshanba kuni Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara o‘tkazdi. Bu Suriya rahbarining 2025-yil yanvarida hokimiyatga kelganidan keyin Fors ko‘rfazi mamlakatlariga ikkinchi tashrifidir.
Al-Shara tashqi ishlar vaziri Esad al-Shayboniy hamrohligida yetib keldi. Suriyaning SANA axborot agentligining xabar berishicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan, biroq tafsilotlar oshkor etilmagan.
Al-Shara ilk xorijiy tashrifini fevral oyida Saudiya Arabistoniga qilgan edi. Dekabr oyida Bashar al-Assad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin tuzilgan uning hukumati arab va G‘arb davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashga intilib, xalqaro hamjamiyatni inklyuziv siyosiy tizim yaratishga tayyorligiga ishontirdi.
BAA “xavfsizlik, barqarorlik va xalq farovonligi manfaati yo‘lida” Suriyadagi qayta qurish jarayonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deb xabar berdi WAM davlat axborot agentligi.
Iqtisodiy inqiroz davom etayotgan bir paytda Suriya Asad rejimi davrida joriy etilgan xalqaro sanksiyalar yumshatilishiga umid qilmoqda.