Suriyaning Chegara va bojxona nazorati bosh boshqarmasi Iordaniya bilan chegarada joylashgan «Nasib» nazorat-o‘tkazish punkti orqali yo‘lovchilar va yuk tashuvchi transport vositalari harakatini to‘xtatdi.
«Daraa viloyatidagi vaziyat sababli chegara o‘tkazish punkti vaqtincha yopilganini ma’lum qilamiz. Sayohatchilar va chegara xizmati xodimlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar va tijorat yuklarining har ikki yo‘nalishdagi harakati to‘xtatildi», — deyiladi bayonotda.
Avvalroq Iordaniya armiyasi 26 oktyabr kuni mamlakat Qirollik havo kuchlari samolyotlari «Suriya janubidagi qurolli guruhlar ob’ektlariga» zarbalar berganini ma’lum qilgan edi. Bunga ushbu guruhlar Iordaniyaning Al-Karak viloyatidagi Georgiy cherkoviga hujum qilgan terrorchilar bilan bog‘liq ekani aniqlangani sabab bo‘lgan.
Iordaniya tomonining ma’lum qilishicha, operasiya «Suriya hukumati bilan muvofiqlashtirilgan holda» amalga oshirilgan. Biroq Damashqdagi rasmiylar zarbalar Suriya hukumati bilan kelishilmaganini bildirgan.