Suriyada 61 yillik Asad rejimi ag‘darilganidan keyingi boshlangan mamlakatni tiklash jarayoni doirasida milliy gerb, shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma va rasmiy hujjatlar yangilanmoqda. Bu haqda Anadolu Ajansi xabar bermoqda.
50 nafar ko‘ngillidan iborat jamoa — Mpire Agency brending va marketing kompaniyasi asoschisi Muhammad Selvaye boshchiligida hukumat shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, pasportlar, rasmiy hujjatlar va milliy logotipni qayta ishlash bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, valyuta dizayni va davlat idoralari ramzlariga o‘zgartirishlar kiritish ustida ish olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, mazkur tashabbus Muhammad Salvayening hamkasbi Vasim Kadura Facebook’da «Suriyaga yangi o‘ziga xoslik kerak» deb yozganidan keyin boshlangan.
Shundan so‘ng, Suriyaning yangi hukumati Salvay va Kaduraga mamlakatning yangi o‘ziga xoslik tizimini ishlab chiqishni rasman topshirdi.