Osiyo qit’asida JCH-2026 saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan o‘yinlarga o‘zbekistonlik hakamlar tayinlandi.
Indoneziya - Xitoy o‘yinini Rustam Lutfullin boshqarib borsa, Ilgiz Tantashev Bahrayn - Saudiya Arabistoni o‘yinida ishlaydi. Har ikkala o‘yinda yordamchi hakamlar, zaxira hakami, VAR va VAR assistenti vazifalarida o‘zbek hakamlari ishlaydi.
Ma’lumot o‘rnida. Superliganing 8-turi doirasida o‘yinlarda penalti belgilashda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun Rustam Lutfullin va Ahrol Risqullayev noma’lum muddatga futboldan chetlatilgandi.
"S" guruhi, 9-tur
5 iyun, 18:45
INDONEZIYa - XITOY
Hakam: Rustam Lutfullin
1-yordamchi hakam: Sanjar Shoyusupov
2-yordamchi hakam: Alisher Usmonov
To‘rtinchi hakam: Asker Najafaliyev
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Abdurashid Xudoyberganov
5 iyun, 21:00
BAHRAYN — SAUDIYa ARABISTONI
Hakam: Ilgiz Tantashev
1-yordamchi hakam: Andrey Sapenko
2-yordamchi hakam: Temur Gaynullin
To‘rtinchi hakam: Akobirxo‘ja Shukurillayev
VAR: Ahrol Risqullayev
AVAR: Rahimbek Karimov