Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Superligada bugungi barcha o‘yinlar durang bilan yakunlandi

Superligada bugungi barcha o‘yinlar durang bilan yakunlandi

O‘zbekiston Superligasining 14-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 14 iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunga uchta uchrashuv belgilangan edi. Ulardan biri Toshkentda - “Bunyodkor” va “Paxtakor” ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

24-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqaga kelib Igor Sergeev hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi va tomonlar bir ochkodan ega chiqdi.

Yana bir o‘yin Olmaliqda, “OKMK” – “Sho‘rtan” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli o‘tgan bahsda hisob ochilmadi, tomonlar murosa ko‘chasini tanladi.

Uchinchi uchrashuv Navoiyda “Qizilqum” – “So‘g‘diyona” ishtirokida o‘tkazildi. Ushbu bahs ham durang bilan tugadi va har ikki jamoa hisobiga bir ochkodan yozildi.

Superliga, 12-tur
14 iyun, shanba
“Bunyodkor” — “Paxtakor” 1:1
Gollar: 1:0 – 24, Temurxo‘ja Abduxoliqov, 1:1 – 57, Igor Sergeev.

“OKMK” — “Sho‘rtan” 0:0

“Qizilqum” — “So‘g‘diyona” 0:0

Jamoa O‘yin G‘alaba Durang Mag‘-yat T-N Ochko
1 Nasaf 11 7 4 0 20-6 25
2 OKMK 12 7 3 2 20-12 24
3 Dinamo 10 6 4 0 14-7 22
4 Navbahor 11 6 2 3 21-13 20
5 Paxtakor 12 6 1 5 25-12 19
6 Neftchi 10 5 4 1 19-12 19
7 Bunyodkor 12 4 6 2 17-12 18
8 Mash’al 12 4 3 5 12-18 15
9 Xorazm 11 4 2 5 13-10 14
10 Andijon 12 3 4 5 15-18 13
11 Surxon 11 4 1 6 10-14 13
12 Qizilqum 12 3 3 6 11-22 12
13 Qo‘qon-1912 12 3 3 6 7-18 12
14 So‘g‘diyona 12 2 4 6 12-15 10
15 Buxoro 12 2 3 7 13-24 9
16 Sho‘rtan 12 1 3 8 4-20 6

Kiritildi: 22:57 14.06.2025. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!