Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Superligada 9-tur bahslari yakuniga yetadi: Bugun uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Superligada 9-tur bahslari yakuniga yetadi: Bugun uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Bugun, 24 aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchta bahs o‘tkaziladi.

Kun dasturini chempionlik uchun kurashayotgan Farg‘onaning «Neftchi» klubi boshlab beradi. Islombek Ismoilov shogirdlari safarda «Xorazm» mehmoni bo‘lishadi. Ayni damda «Neftchi» turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, xorazmliklar 8-pog‘onadan joy olgan.

Shuningdek, soat 19:00 da Navoiyda «Qizilqum» hamda «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi bellashuvga ham start beriladi.

Turning yakuniy uchrashuvi Toshkentda kechadi. «Bunyodkor» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qiladi. Mazkur bahs soat 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Bugungi o‘yinlar jadvali:

  • 19:00 — «Xorazm» — «Neftchi»

  • 19:00 — «Qizilqum» — «Qo‘qon-1912»

  • 20:15 — «Bunyodkor» — «Andijon»

Superligada 9-tur bahslari yakuniga yetadi: Bugun uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Superligada 9-tur bahslari yakuniga yetadi: Bugun uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Kiritildi: 10:14 24.04.2026. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!