Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Tehron internet kabellarini uzib qo‘yish bilan tahdid qilmoqda

Tehron internet kabellarini uzib qo‘yish bilan tahdid qilmoqda

Eronning "Tasnim" axborot agentligi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi tubidan o‘tgan suvosti kabellari xaritasini e’lon qilib, mintaqadagi arab davlatlarini "raqamli halokat"dan ogohlantirdi. Xabarda aytilishicha, agar ushbu kabellar qasddan shikastlansa, Fors ko‘rfazi mamlakatlari internet va global aloqadan butunlay uzilib qolishi mumkin. Bugungi kunda dunyodagi ma’lumotlar trafigining 15 foizi aynan shu hudud orqali o‘tadi.

Kabellarning uzilishi BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va Quvayt kabi davlatlarning bank tizimi, moliyaviy markazlari va sun’iy intellekt loyihalariga tiklab bo‘lmas darajada zarar yetkazishi mumkin. Eron rasmiylari buni ochiq tasdiqlamagan bo‘lsa-da, ekspertlar buni muhim infratuzilmaga nisbatan jiddiy bosim sifatida baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 17:55. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!