Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Rossiya neftiga qo‘yilgan vaqtinchalik yengilliklarni to‘xtatadi

AQSh Rossiya neftiga qo‘yilgan vaqtinchalik yengilliklarni to‘xtatadi

Bu haqda Moliya vaziri Skott Bessent Associated Press agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. U Vashington dengizda bo‘lgan Rossiya neft mahsulotlarini sotib olishga imkon beruvchi vaqtinchalik istisno muddatini uzaytirmaslikka va’da berdi. Xuddi shu tartib Eron xomashyosiga ham tegishli.

Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya nefti uchun bu istisno avvalroq "10 tadan ortiq eng zaif va kambag‘al davlatlar" iltimosiga binoan joriy etilgan edi.

"Bu o‘sha zaif va kambag‘al davlatlar uchun qilingan edi. Ammo men yana bir bor muddat uzaytirilishini tasavvur qila olmayman. Menimcha, dengizdagi Rossiya nefti asosan tugab bo‘lgan", — dedi vazir.

Avvalroq AQSh tankerlarga yuklab bo‘lingan Rossiya nefti va neft mahsulotlarini sotish uchun berilgan lisenziyani 16 maygacha uzaytirgan edi. Qo‘shma Shtatlarning bu yengilliklari 13 mart kuni Erondagi urush tufayli energiya resurslari narxi oshishi sharoitida joriy etilgan edi. Dastlab ular 30 kun davomida amal qilgan.

Kiritildi: Bugun 16:03. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!