Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Sizlarda uyat yo‘q!" "Real" muxlislari "Betis" bilan o‘yindan so‘ng futbolchilardan norozilik bildirishdi

"Sizlarda uyat yo‘q!" "Real" muxlislari "Betis" bilan o‘yindan so‘ng futbolchilardan norozilik bildirishdi

Madridning “Real” klubi muxlislari Ispaniya chempionati 32-turidan o‘rin olgan “Real Betis”ga qarshi (1:1) o‘yindan norozi bo‘lishdi. Ular stadionni tark etayotganlarida futbolchilarga e’tiroz bildirishgan. Bu haqida El Chiringito xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “qaymoqranglilar” muxlislari: “Sizlarda uyat yo‘q, o‘zingizni ko‘rsating!” deb baqirishgan.

Alvaro Arbeloa shogirdlari 90+4 daqiqada gol o‘tkazib yuborib g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

La Liganing 32-turidan so‘ng “Real” 74 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Ispan grandi musobaqa yetakchisi “Barselona”dan naqt 8 ochko ortda qolmoqda. Keyingi turda Arbeloa jamoasini “Espanyol” ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Uchrashuv 3 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:43 25.04.2026. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!