Mamlakat bosh vaziri Kir Starmerning matbuot kotibi Folklend orollari suvereniteti Britaniyaga tegishli ekanini va bu pozisiya mutlaqo o‘zgarmasligini ma’lum qildi.
Rasmiy London orollarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini va ushbu qat’iy pozisiya AQShning barcha ma’muriyatlariga izchil yetkazib kelinayotganini ta’kidladi.
Bosh vazir vakilining so‘zlariga ko‘ra, Vashington tomonidan bo‘layotgan har qanday bosim Buyuk Britaniyaning o‘z milliy manfaatlari yo‘lida qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Britaniya hukumati orollar ustidan nazorat masalasida hech qanday muzokaralarga yoki pozisiyaning qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘ymasligini yana bir bor eslatib o‘tdi.