Bu haqda NBC News xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, infratuzilmani tiklash AQSh uchun milliardlab dollarga tushishi mumkin.
Shuningdek, AQSh ma’muriyati xususiy sputnik kompaniyalaridan harbiy bazalar suratlariga kirishni cheklashni so‘ragani aytilmoqda. Bu mustaqil baholash jarayonini qiyinlashtirgan.
Pentagon tomonidan haqiqiy zarar ko‘lamini yashirish masalasi Kongressda, jumladan, respublikachilar orasida ham tanqidlarga sabab bo‘lgan.
“Biz bir necha haftadan beri bu masala bo‘yicha savollar beryapmiz, lekin to‘liq ma’lumot olmayapmiz, shu bilan birga Pentagon rekord byudjet so‘ramoqda”, — dedi Kongress a’zolaridan birining yordamchisi.