Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Superliga. "Qizilqum" "Andijon"ni yengdi, OKMK "Mash’al"dan ustun keldi

Superliga. "Qizilqum" "Andijon"ni yengdi, OKMK "Mash’al"dan ustun keldi

Superligada 24-tur o‘yinlari start oldi.

Tur doirasida 15-oktyabr kuni ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Navoiyning "Qizilqum" klubi safarda "Andijon"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yindagi yagona golni Otabek Jo‘raqo‘ziyev 38-daqiqada kiritdi.

"Qizilqum" bu g‘alaba evaziga 33 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Andijon" 30 ochko bilan 10-pog‘onada.

Kunning yana bir bahsida OKMK "Mash’al"ni mehmonda 1:0 hisobida taslim qildi.

84-daqiqada Asad Sobirjonovning yagona goli olmaliqliklarga g‘alaba keltirdi.

OKMK 39 ochko bilan 4-o‘ringa chiqdi. "Mash’al" 4 ochko bilan so‘nggi 16-pog‘onada.

Kiritildi: 23:43 15.10.2026. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!