Qonun (O‘RQ–1115-son, 21.01.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔰 Qonun bilan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi:
🔹 sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslarini belgilash;
🔹 ushbu sohadagi vakolatli davlat organining vakolatlarini aniqlashtirish.
✅ Unga ko‘ra, sun’iy intellekt – insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash va aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmui.
⛔️ Insonning huquqi va erkinligiga aloqador bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan texnologiyalar asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanish mumkin emas.
📑 Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni OAVlar, telekommunikasiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish:
➖ ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (41 mln 200 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.