Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

Qo‘shma Shtatlar Moliya vaziri Skott Bessentning ma’lum qilishicha, uchinchi davlatlarga 12 martgacha tankerlarga yuklangan va hozirda dengizda bo‘lgan Rossiya nefti hamda neft mahsulotlarini sotib olishga ruxsat berildi. Bu ruxsat bir oy, 12 aprelgacha amal qiladi.

"Bu qisqa muddatli chora. U Rossiya hukumatiga katta moliyaviy foyda keltirmaydi, chunki uning energiya resurslaridan asosiy daromadi qazib olish joyida undiriladigan soliqlar orqali shakllanadi", — dedi Bessent.

13 mart holatiga ko‘ra dengizda taxminan 124 million barrel Rossiya nefti bor, deya xabar bermoqda Fox News.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi tufayli yuzaga kelayotgan kunlik yo‘qotishlarni hisobga olganda, Vashington tomonidan ushbu neftni sotib olishga berilgan ruxsat jahon bozori ehtiyojini atigi besh–olti kunga qoplashi mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:58. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!