Bu haqda Financial Times nashri Claude sun’iy intellekti yaratuvchisi Dario Amodeyning hisobotiga tayanib xabar berdi.
Amodey Anthropic kompaniyasini birjaga chiqarish uchun tayyorlagan maxsus hisobotida ilg‘or sun’iy intellekt modellari, jumladan, kompaniyaning o‘z ishlanmalari ham insoniyat uchun ulkan xavf tug‘dirishi mumkinligini qayd etgan.
U ehtimoliy xavflar qatorida neyrotarmoqlarning ma’lumotlarni yashirishi, odamlarni manipulyasiya qilishi va shantajga qo‘l urishi kabilarni sanab o‘tgan.