Sun’iy intellekt (AI) rivojlangan mamlakatlardagi ish o‘rinlarining 60 foiziga ta’sir qilish ehtimoli bor. AI bu ishlarning qariyb yarmiga salbiy, qolgan yarmiga esa ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi oldidan Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda ma’lum qilindi.
"Sizning ishingiz butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin va bu yaxshi emas yoki sun’iy intellekt ishingizni yaxshilashi mumkin, shuning uchun sizning ishingiz haqiqatan ham samaraliroq bo‘ladi va daromadingiz ko‘tarilishi mumkin. Sizda qanchalik yuqori malakali ish bo‘lsa, ta’sir shunchalik yuqori bo‘ladi", dedi XVF boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda uning ta’siri kamroq bo‘ladi
Rivojlanayotgan mintaqalarda AI'ning ta’sir kuchi boshqacha bo‘lishi kutilmoqda, rivojlanayotgan bozorlardagi ish o‘rinlarining 40 foizi va kam daromadli mamlakatlardagi ish o‘rinlarining 26 foizi uning ta’siriga tushishi mumkin.
Ammo bu mehnat bozorlari sun’iy intellektning dastlabki ta’siriga kamroq uchrasa-da, uning samaradorligidan ko‘p foyda ko‘rmaydi.
"Biz, ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarga sun’iy intellekt taqdim etadigan imkoniyatlarni qo‘lga kiritish uchun tezroq harakat qilishda yordam berishga e’tibor qaratishimiz kerak", dedi Georgiyeva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sun’iy intellekt biroz qo‘rqinchli, lekin hamma uchun juda katta imkoniyatdir.