Sun’iy intellektning ta’siri Buyuk Britaniyaning har to‘rtta yirik kompaniyasida ishdan bo‘shatilishiga olib keladi.
Bu haqda Financial Times (FT) britaniyalik ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga tayanib xabar berdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, yirik kompaniyalarning to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i SI ta’siri tufayli 2026 yilga kelib xodimlar soni qisqarishini kutmoqda. Kichik lavozimlar eng ko‘p xavf ostida.
Buyuk Britaniyaning Xodimlar va Rivojlanish Instituti (CIPD) ma’lumotlariga ko‘ra, yirik xususiy sektor kompaniyalarining 26 foizi va davlat sektoridagi tashkilotlarning 20 foizi o‘z faoliyatini soddalashtirish uchun keyingi 12 oy ichida ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda.
CIPD tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, bu o‘zgarishlar moliyaviy xizmatlar sektoriga ta’sir qiladi, bu yerda ish beruvchilarning 37 foizi SI tufayli ish joylarini yo‘qotishlarini kutmoqda. IT-sanoati keyingi o‘rinda, 26% ishchi kuchini qisqartirishga tayyorlanmoqda. Huquqiy, buxgalteriya va konsalting sohalari 24% ni tashkil qiladi.