Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

So‘nggi 3 yilda ilk bor O‘zbekiston yanvar oyida oltin sotmadi

So‘nggi 3 yilda ilk bor O‘zbekiston yanvar oyida oltin sotmadi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston besh oydan beri oltin eksport qilmagan, ya’ni, so‘nggi bor mamlakat avgust oyida oltin sotgan.

O‘zbekiston 2019 va 2020 yillarni ushbu metallni faol sotish bilan boshlagan, hatto unga barcha eksportning 50 foizi va undan ham ko‘prog‘i to‘g‘ri kelgandi.

2021 yil yanvar oyida esa asosiy eksport sanoat (35,7 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (11 foiz) va kimyoviy moddalar (8,9 foiz) bo‘ldi.

Qayd etilishicha, oltin sotilmaganini respublika tashqi savdo aylanmasining 657,6 mln dollarga yoki 22,2 foizga qisqargani bilan izohlash mumkin.

O‘zbekiston oltin sotishni 2020 yilning sentyabridan to‘xtatdi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston iyul oyida dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylangan edi.
 

Kiritildi: 19:00 22.02.2021. O'qildi: 2085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!