Sumi viloyatining Romni shahrida harbiy favqulodda holat davom etmoqda. Bu haqda 9 noyabr kuni shahar meri Oleg Stogniy ma’lum qildi.
"Harbiy favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyga mahallaning kommunal xizmatlari va tegishli xizmatlari safarbar etilgan”, — deb yozdi u o‘zining Facebook’dagi sahifasida.
Stogniy infratuzilmaga zarar yetganini ta’kidladi. Shuningdek, u vayronagarchilik haqidagi fotosuratlar, videolar va boshqa ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish taqiqlanganligini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni Sumi shahrida ikkita portlash sodir bo‘lgan edi.