Bugun 18 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Suiqasd xavfi sababli Tramp Turkiyadagi NATO sammitidan yashirincha uchib ketdi

Suiqasd xavfi sababli Tramp Turkiyadagi NATO sammitidan yashirincha uchib ketdi



U namoyishkorona tarzda prezident samolyotiga chiqqan, ammo keyin uni harbiy Boeing'ga o‘tkazishgan.

​Tramp Anqaraga 2025 yilda Qatardan sovg‘a sifatida olingan yangi Boeing 747-8 samolyotida kelgan edi. Ortga esa u Air Force One prezident bortida qaytmoqchi bo‘lgan va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarida o‘zi yozib qoldirgan.

​Tramp telekameralar qarshisida samolyot bortiga ko‘tarilgan. Biroq keyinroq u bir nechta yordamchilari bilan birga Boeing C-32A harbiy-transport samolyoti bortiga o‘tgan. Nashr manbalariga ko‘ra, prezident keytering (oziq-ovqat yetkazish) avtolifti yordamida boshqa samolyotga o‘tkazilgan.

​Aeroportdan olingan tasvirlarda "birinchi bort"ning bir tomonida prezident foydalangan oddiy trap, qarama-qarshi tomonida esa bortga ovqat yuklayotgan yuk mashinasi ko‘rinadi. Uning konteyneri samolyot eshigi darajasiga ko‘tarilgan. Keinroq konteyner pastga tushgach, yuk mashinasi u yerdan uzoqlashib, yaqin atrofda turgan C-32A tomon harakatlangan.

​Prezident bortida uchayotgan jurnalistlar (hamda Oq uyning ba’zi xodimlari) Tramp ular bilan birga samolyotda ekaniga ishonchi komil edi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bortga ko‘tarilishganda Oq uy xodimlari illyuminator pardalarini yopishni so‘rashgan.

​The Washington Post manbalarining xabar berishicha, ushbu maxfiy missiya Eron tomonidan Trampga suiqasd qilinishi mumkinligi xavfi sababli amalga oshirilgan.

Kiritildi: 17:50 11.08.2026. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!