Sudan Bosh vaziri Abdulla Hamduk mamlakat tarixida birinchi marta Tashqi ishlar vazirligini ayol kishi boshqaradigan yangi hukumat vazirlarini tanishtirdi. Endilikda Asma Abdulla Sudan Tashqi ishlar vazirligiga rahbarlik qiladi. Ayni damda butun arab dunyosi uchun ayol kishining Tashqi ishlar vazirligiga tayinlanishi hayrat uyg‘otdi. bu haqda REGNUM xabar bermoqda.
Sudanning yangi hukumatining tarkibi sun’iy yo‘ldosh telekanallari tomonidan namoyish etilgan Xartumdagi matbuot anjumanida taqdim etilgan.
Sudanning Suveren Kengashi tomonidan tasdiqlangan mamlakatning o‘tish davri hukumati 19 vazir va oltita davlat vazirlaridan iborat.