Sudanda dron hujumi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi.
Mamlakatning Shimoliy Kordofan shtatida joylashgan Rahad shahri yaqinida “Tezkor harakat kuchlari” (RSF) tomonidan amalga oshirilgan dron hujumi oqibatida 24 nafar tinch aholi vakili, jumladan 10 nafar bola halok bo‘lgan. Zarba jangovar harakatlardan qochayotgan oilalarni olib ketayotgan avtomobilga berilgan.
Bu hujumdan bir oz oldin RSF Jahon oziq-ovqat dasturi karvoniga qilingan zarba beegan edi. Huquq himoyachilari hujumni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol ravishda buzilishi deb atab, RSF rahbariyatini javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.