Sud tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan:
➖ Mirzaxakimov Sherzod Turdaliyevich – Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi raisi;
➖ Yusupov Akram Abdivaxidovich – Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari;
➖ Yusupov Nizom Xasanovich – Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha hay’at raisi.
Shu bilan birga, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan, ularning avvalgi lavozimlaridan ozod etilishi ham rasmiylashtirildi.
Qo‘shimcha ravishda, Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich — Bo‘ka tuman sudi raisi lavozimidan ozod etildi.