Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Sud “Beeline”dan 1,3 milliard so‘m undirish bo‘yicha qaror chiqardi

Sud “Beeline”dan 1,3 milliard so‘m undirish bo‘yicha qaror chiqardi

Toshkent iqtisodiy sudi “Beeline”dan 1,3 milliard so‘m qarz undirishga qaror qildi. Bunga shartnoma muddati tugaganiga qaramay, kompaniya telekanallar kontenti uzatilishini davom ettirgani sabab bo‘lgan.

Tomonlar 2023 yil 22 fevralda shartnoma imzolagan, biroq 2024 yil boshida bu muddat tugagan va yangi kelishuv rasmiylashtirilmagan.

Shunga qaramay, “Unitel” MCHJ xizmatdan foydalanishda davom etgan.

2024 yil 19 yanvarda "O‘zbekiston kabel televideniyasi" MCHJ holat bo‘yicha sudga da’vo kiritgan. Kompaniya tomonidan kafolat xati taqdim etilgani sud tomonidan qarzni undirish uchun asos sifatida qabul qilingan.

Birinchi instansiya sudi da’voni rad etgan bo‘lsa-da, apellyasiya sudida qaror qayta ko‘rib chiqilib, 1,3 milliard so‘m qarzni undirish belgilangan.

Kiritildi: 16:39 14.03.2025. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!