Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Stoltenberg NATO Kaliningrad atrofidagi vaziyat haqida gapirdi

Stoltenberg NATO Kaliningrad atrofidagi vaziyat haqida gapirdi

NATO Kaliningrad atrofidagi vaziyat bo‘yicha Litva bilan doimiy aloqada ekanini bildirdi. Litva “Evropa Ittifoqi kiritgan sanksiya tufayligina tranzit yo‘lini bloklamoqda”, deya bayonot berdi shu mavzuda NATO Bosh kotibi Yens Stoltentberg Bryusselda “Politico” gazetasiga intervyuda.

“Litva NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo. Shimoliy alyans davlatlari YEI joriy etgan saksiyani to‘la qo‘llaydi”, dedi Stoltenberg.

Litva temir yo‘llari 18 iyun kuni yarim tundan boshlab Kaliningradga kirayotgan va viloyatdan chiqayotgan Yevropa sanksiyasiga tushgan mahsulotlar tranzitini to‘xtatdi.
Viloyat gubernatori Anton Alixanovning ta’kidlashicha, Kaliningrad va Rossiyaning boshqa viloyatlari o‘rtasida tashiladigan mahsulotlarning 40-50 foizi sanksiya ostida qolgan. “Gap qurilish materiallari, metall, xususan, mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan ashyolar ustida ketmoqda”, dedi mulozim.

Alixonov tranzit cheklov ko‘mirga (10 avgustgacha), benzin va dizelga (5 dekabrgacha) hali taalluqli emasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 11:58 23.06.2022. O'qildi: 4507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!