AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni muhokama qilish uchun Isroilga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Axios.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu Uitkoffning deyarli yarim yildan keyin Isroilga birinchi safari bo‘ladi.
Tramp maxsus vakilining ushbu tashrifi G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlar bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirgan bir pallada amalga oshmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Uitkoff, shuningdek, Falastin anklaviga borib, G‘azoga gumanitar yordam jamg‘armasi markazlariga tashrif buyurishi mumkin.
Rasmiylardan birining ma’lumotiga ko‘ra, Amerika rahbari Donald Tramp "tinch aholiga ko‘rsatiladigan yordamni qanday ko‘paytirish mumkinligini tushunish uchun G‘azodagi insonparvarlik vaziyati haqida ko‘proq ma’lumot olishni istaydi".