O‘zbekistonda nikohlanuvchi erkaklarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi haqida ma’lumot berildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida, FHDYo organlarida respublika bo‘yicha 31 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarda erkaklarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi:
20 yoshgacha – 1,4 %;
20-30 yosh – 78,7 %;
31-40 yosh – 13,6 %;
41 yosh va undan kattalar – 6,3 %.
Ma’lum bo‘ladiki, erkaklarning mutlaq katta qismi 20-30 yosh oralig‘ida oila qurmoqda.
Qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi:
20 yoshgacha – 35,3 %
20-30 yosh – 52,4 %
31-40 yosh – 9,4 %
41 yosh va kattalar – 2,9 %ni tashkil etmoqda.