Vashingtonda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Starmer va AQSh Prezidenti Bayden o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda Rossiya Federasiyasidagi nishonlarga hujum qilish uchun G‘arb raketalaridan foydalanish masalasi muhokama qilindi.
Starmerning ta’kidlashicha, suhbat taktik emas, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan. Lekin muzokaralarda aniq qaror qabul qilinmadi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotda aytilishicha, davlat rahbarlari "Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar".