Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonliklar Turkiyaga turmushga chiqish bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekistonliklar Turkiyaga turmushga chiqish bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi

2024 yilda 3509 o‘zbekistonlik ayol Turkiya fuqarolariga turmushga chiqdi. Bu haqda Turkiya Statistika Instituti (TÜİK) ma’lumot berdi.

Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston ayollari turk erkaklari turmush qurayotgan xorijliklar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Turkiyaliklar uylanayotgan top-5 mamlakatlar:

  1. Suriya – 3 519;
  2. O‘zbekiston – 3 509;
  3. Marokash – 2 427;
  4. Ozarbayjon – 2 195;
  5. Rossiya – 1 945.

Bundan tashqari, turkiyalik qizlar turmushga chiqayotgan xorijliklar reytingi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, turk qizlari 2024 yilda eng ko‘p Suriya mamlakati vakillariga (1222) turmushga chiqqan. Keyingi o‘rinlardan Germaniya (1156), Afg‘oniston (338) o‘rin olgan.

Kiritildi: 10:40 11.03.2025. O'qildi: 1339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!