Germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik 2025 yilgi "Oltin to‘p" haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. AS nashrining xabar berishicha, u "Barselona" hujumchisi Rafinyani mukofot uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritgan.
"Ha, albatta. Ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, u juda yaxshi o‘ynayapti. Uning tezligi va urgan gollari har doim jamoamizga yordam beradi. Bu ayniqsa, so‘nggi bir necha o‘yinda yaqqol namoyon bo‘ldi.
U yaxshi futbolchiga xos barcha sifatlarga ega. U hujumda bo‘lganda, uning qanchalik kuchi borligini ko‘rish mumkin. U juda diqqatini jamlay olgan o‘yinchi. Uni jamoamizda ko‘rishdan xursandman", — dedi Flik.
Joriy mavsumda Rafinya 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Bungacha to‘rt nafar braziliyalik futbolchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan:
- Ronaldo (2 marta)
- Rivaldo
- Ronaldinyo
- Kaka.