Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer AQSh prezidenti Donald Tramp, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni bilan telefon orqali muloqot qildi, unda tomonlar Ukrainadagi mojaroni muhokama qildi.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 19 may kuni bo‘lib o‘tgan suhbati arafasida G‘arb yetakchilari “sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini muhokama qilgan” va Moskvani “tinchlik muzokaralariga jiddiy yondashishga” chaqirgan.
Bundan tashqari, agar Rossiya rahbariyati “sulh va tinchlik bo‘yicha jiddiy muzokaralardan bosh torsa” Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qildi.