AQSh prezidenti uchun mo‘ljallangan «Qiyomat kuni samolyoti» (E-4B Nightwatch) kecha tun Virdjiniya shtati, Vashington yaqinida osmonda aylanib yurdi. Samolyot Luizianadagi harbiy-havo bazasidan ko‘tarilgan.
OSINT-tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu harakat faqatgina harbiy mashq emas, balki Isroil va Eron o‘rtasidagi murakkab vaziyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shunday tahminlar borki, Vashingtonda kecha bo‘lib o‘tgan Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Donald Tramp Eronga qarshi urush boshlashini e’lon qilishi mumkin edi. Biroq, bunday qaror qabul qilinmagan.
OAV xabariga ko‘ra, muhokamalar davom etmoqda va qaror hozircha kechiktirilgan.