Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph nashriga ko‘ra, Xitoy Eronga kamida uchta yuk samolyoti jo‘natgan. Ular mamlakat havo hududiga yaqinlashganda radarlardan yo‘qolgan. Bunday harakat Isroilning hujumlari fonida jiddiy shubhalar uyg‘otmoqda.

The Telegraph nashri ma’lum qilishicha, 14 iyundan boshlab Xitoydan Eron tomon kamida uchta Boeing 747 yuk samolyoti uchirilgan. Ularning barchasi Xitoy shimoli orqali g‘arbga, so‘ngra Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston havo hududlari orqali Eronga yaqinlashgan. Ammo uchoqlar Eronga yaqin kelganda radarlardan g‘oyib bo‘lgan.

Qog‘ozda ko‘rsatilgan manzil Lyuksemburg bo‘lgan bo‘lsa-da, bu samolyotlar Yevropaga yaqinlashmagan. Bu boradagi ma’lumotlar havo qatnovini kuzatuvchi tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan. Tahlilchilar bunday yo‘nalish va radardan yo‘qolish holatlarini harbiy yuk tashish bilan bog‘lashmoqda.

Ekseter universiteti professori Andrea Gizellining ta’kidlashicha, Xitoy Erondagi rejimning ag‘darilishi xavfiga jiddiy munosabatda. Chunki bunday ssenariy nafaqat mintaqada beqarorlik keltiradi, balki Xitoyning energetika va iqtisodiy manfaatlariga ham zarar yetkazishi mumkin.

The Telegraph nashrining qayd etishicha, Xitoy va Eron strategik hamkorlar bo‘lib, AQSh boshchiligidagi global tuzumga qarshi pozisiyada turadi. Eron Xitoy uchun neft yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan biri hisoblanadi — kuniga 2 mln barrelgacha.
Shuningdek, avvalroq Xitoy Eronga ballistik raketa ishlab chiqarish uchun kerakli materiallar yetkazib bergani haqida ma’lumotlar bo‘lgan. Washington Post nashrining yozishicha, joriy yil iyun boshida Eron Xitoydan minglab tonnalar miqdorida texnik jihozlar buyurtma qilgan.

Isroildagi xavfsizlik tadqiqot instituti vakili Tuviya Geringning fikricha, Pekin tomonidan harbiy material yetkazilishi ehtimoli past, biroq butunlay inkor etilmasligi lozim. Chunki bunday qadam Xitoyning AQSh bilan barqaror munosabat o‘rnatish sa’y-harakatlariga to‘siq bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Xitoy rasmiylari Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiyasini qoralab, BMT Xavfsizlik Kengashida harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan. Pekin vakilining ta’kidlashicha, «yangi urush alangalari bu mintaqada hech kimga foyda keltirmaydi».

Kiritildi: 16:25 18.06.2025. O'qildi: 4250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!