Eron 18 iyunga o‘tar kechasi Tel-Aviv, Hayfa, Quddus va Yuqori Jaliladagi nishonlarga raketa uchirdi. Bu haqda IRNA nashri xabar bermoqda.
Isroil armiyasi matbuot kotibi Eron raketalari yahudiy davlati tomon uchirilganini tasdiqladi. Isroilliklar boshpanalarda qolishga chaqirildi.
"Yaqinda Erondan Isroil hududi tomon raketalar uchirildi", — deya xabar beradi Isroil armiyasi.
Temir gumbaz Isroil ustida ishlamoqda.
17 iyun kuni kechqurun Eron armiyasi Isroil havo bazalariga zarba bergani haqida xabar berilgan edi.