Oq uyda o‘tkazilgan yopiq yig‘ilish Eronga zarba berish to‘g‘risida qaror qabul qilinmasdan yakunlandi.
Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning Tehronga qarshi operasiyada harbiy ishtiroki uchrashuvda “muhokama qilingan bir necha variantlardan biri” bo‘lgan, biroq AQSh rahbariyati keyingi qadamlar haqida qaror qabul qila olmadi.
Ta’kidlanishicha, bunday muhokama faktining o‘zi keskinlik darajasini oshirgan, chunki AQSh Eron muammosini kuch bilan hal qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq ABC News telekanali Vashingtonning Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotiga qo‘shilishi haqidagi qaror yaqin 24-48 soat ichida qabul qilinishi mumkinligini xabar qilgandi. Isroil televideniyesining 12-kanaliga ko‘ra, Isroil rasmiylari ham AQSh Isroil amaliyotida ishtirok etishga yaqin, deb hisoblamoqda.