Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron oliy rahbari Isroil bilan urushning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi

Eron oliy rahbari Isroil bilan urushning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi

Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Isroil bilan harbiy mojaroning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.

Tegishli nashr uning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

"Urush boshlanadi" - deyiladi bayonotda.

13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Erondagi yadroviy va harbiy ob’ektlarga hujum qilib, "Ko‘tarilgan sher" operasiyasini boshladi. Zarbalar yadroviy qurol ishlab chiqish bilan bog‘liq infratuzilma ob’ektlari, shuningdek, eronlik generallar joylashgan joylarga qaratilgan.

O‘sha kuni kechqurun Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi “Haqiqiy va’da 3” deb nomlangan javob operasiyasi boshlanganini e’lon qildi. Isroilga qarshi raketa zarbalari berildi.

Kiritildi: Bugun 10:07. O'qildi: 2534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!