Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Iroqda Eronga yuborilayotgan uchta uchuvchisiz dron yuklamasi ushlandi

Iroqda Eronga yuborilayotgan uchta uchuvchisiz dron yuklamasi ushlandi

Iroq huquq-tartibot idoralari Eronga yo‘l olgan uchta yuk mashinasini to‘xtatdi. Mashinalarda uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) va portlovchi moddalar bo‘lgan. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.

“Report”ning ma’lum qilishicha, ushbu operasiya Iroq va Eron chegara xizmatlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik doirasida amalga oshirilgan. Eron polisiyasi rasmiy vakili Said Montazer al-Mahdiy bu holat bo‘yicha shunday dedi:

“Chegarada xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Iroq tomoni Eronga dronlarni olib ketayotgan uchta avtomashinani hamda ushbu harakatga aloqador gumondorlarni aniqlab, ushlashga muvaffaq bo‘ldi”.

Ayni paytda Iroq chegara idoralari hodisa yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Kiritildi: 18:55 18.06.2025. O'qildi: 3474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!