Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Starlink Ukraina harbiylari uchun internet xizmatini cheklab qo‘ydi

Starlink Ukraina harbiylari uchun internet xizmatini cheklab qo‘ydi

Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi Ukraina harbiylari foydalanayotgan Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi tizimiga yangi tezlik cheklovini joriy etgani xabar qilindi. Bu ayrim harbiy dronlarni boshqarishda muammolar keltirib chiqargan.

Bu haqda Ukraina prezidenti maslahatchisi Sergey Beskrestnov o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Starlink xizmatining harbiy maqsadlarda foydalaniladigan versiyasi soatiga 160 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlanayotgan qurilmalarda ishlamay qolgan.

«Mudofaa kuchlarimiz ushbu cheklov haqida oldindan ogohlantirilmagan. Natijada bir qator operasiyalar izdan chiqqan. Bu qaror tasodifiy emasligi va hozirgi siyosiy vaziyat bilan bog‘liqligi ayon», – deb yozgan Beskrestnov.

BILD ma’lumotiga ko‘ra, frontning janubi-sharqiy qismida harakatlanayotgan Ukraina 7-korpusiga yaqin manba ham Starlink tizimida uzilishlar bo‘lganini tasdiqlagan.

Yangi cheklov ayrim uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, Ukraina Harbiy-havo kuchlari bir kechada Rossiya tomonidan uchirilgan 39 ta raketadan faqat to‘rttasini tutib qolishga muvaffaq bo‘lganini bildirgan.

Biroq raketalarni tutib qolish natijalari bilan Starlink cheklovi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligi tasdiqlanmagan.

Hozircha SpaceX kompaniyasining cheklov sabablari haqidagi rasmiy izohi keltirilmagan.

Kiritildi: 16:23 14.10.2026. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!