Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

SSSRning Oyga uyushtirgan ekspedisiyasi bilan bog‘liq maxfiy hujjatlar ochiqlandi

SSSRning Oyga uyushtirgan ekspedisiyasi bilan bog‘liq maxfiy hujjatlar ochiqlandi

Roskosmos Sovet Ittifoqi davrida Oyga uyushtirilgan ekspedisiyaning bir qator maxfiylashtirilgan hujjatlarini nashr etdi. Bu haqda korporasiya saytida xabar berilyapti.  

 Ushbu ma’lumotlar ilk marta bugun, 12 sentyabr, payshanba kuni e’lon qilindi.

“Ayni hujjatlar sovet zamonidagi birinchi “Oy dasturi”ning mohiyati, o‘sha davr ruhi va holatini tiklashga imkon beradi”, deyiladi Roskosmos saytidaga xabarda.

Korporasiya Oygacha bo‘lgan uchish yo‘nalishi, kelajakda ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan Oy raketasining xususiyatlari, dastlabki sovet Oy zondi bo‘lgan “E” ob’ekti va boshqa raketalarga tegishli ma’lumotlarni nashr qildi. Bundan tashqari, Oyga birinchi fazoviy qurilma uchirilgani haqidagi hisobot qaydlari ham chop etildi. 

Shuningdek, hujjatlar orasida sovet konstruktori Mixail Tixonravovning 1954 yil 26 mayda “Erning sun’iy yo‘ldoshlari haqida” mavzusida qilgan hisoboti ham bor. Unda qurilmaning ilmiy xususiyatlari va u qanday vazifalarni bajara olishi haqida so‘z yuritilgan.

Sayyoralararo avtomat uchish stansiyasi bo‘lgan “Luna-1” 1959 yilda fazoga uchirilgan edi. Bu o‘sha vaqtda ikkinchi fazoviy tezlikka erishgan ilk qurilma bo‘lgan. Stansiya Yerning tortish kuchini yengib o‘tib, Quyoshning sun’iy yo‘ldoshiga aylangandi.

Kiritildi: 20:49 12.09.2019. O'qildi: 4036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!