Shayxontohur tumani sudi Aziz Hakimovni tuhmat, haqorat hamda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, 4 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qildi.
Unga qo‘yilgan urushni targ‘ib qilish ayblovi bo‘yicha esa jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli oqlov hukmi chiqarildi.
Sud qarori bilan Hakimov yuritgan Telegram’dagi «Comrade_Aziz» kanali ham bloklanadi.
Hakimov ijtimoiy tarmoqlarda SSSRni qayta tiklash g‘oyasini ilgari surgani va O‘zbekiston suverenitetiga qarshi bayonotlari bilan tanilgan.