Bugun Oliy Majlis qonunchilik palatasida Urbanizasiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan shaharsozlik sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, noqonuniy qurilishlarning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
🔹Qonun loyihasi bilan Shaharsozlik kodeksi va “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
🔹Xususan, shaharsozlik talablarini qo‘pol ravishda buzganlik, ya’ni noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini bosh reja, master-reja va qurilish loyihasi talablarini buzgan holda amalga oshirish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hajmdan katta bo‘lgan imoratlar, bino va inshootlarni vakolatli organni xabardor etmasdan qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.