Eron vositachilar orqali AQShga Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini yetkazdi.
Bu haqda Eron Oliy Rahbarining yangi harbiy maslahatchisi Mohsen Rizoiy ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Tehron harbiy harakatlarni to‘xtatishni, Eron aktivlarini ozod qilishni va mintaqada, jumladan, Livan va G‘azo sektorida urushlarga chek qo‘yishni talab qilmoqda.
"AQSh o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirmaguncha va Eronning shartlarini qabul qilmaguncha, bo‘g‘oz ochilmaydi", dedi Rizoiy.
U shuningdek, Eron va Ummon o‘rtasidagi Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuv uning ochilishiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.