AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan vaziyat "normal rivojlanayotganini" va AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qilayotganini aytdi.
Bu haqda Donald Tramp shunday dedi.
"Eron yaxshi — mutlaqo yaxshi. Biz Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qilamiz. Biz uni nazorat qilamiz; boshqa hech kim nazorat qilmaydi. Bizning dengiz flotimiz ajoyib va mamlakatimiz juda yaxshi ishlamoqda", dedi Tramp.
Tramp shuningdek, Tehronga ishonmasligini qo‘shimcha qildi.
"Men Eronga ishonadigan oxirgi odamman; ular menga qayta-qayta yolg‘on gapirishdi... Hozir biz Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qilamiz va ular yo‘q", deb ta’kidladi u.