Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Spaletti "Yuventus" bosh murabbiyiga aylandi

Spaletti "Yuventus" bosh murabbiyiga aylandi

Turinning "Yuventus" klubi Luchano Spalettini bosh murabbiy etib tayinladi.

Oq-qoralar klubi bayonotida 66 yoshli italiyalik murabbiy bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolangani qayd etilgan.

2022-23 yilgi mavsumda "Napoli" bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan Spaletti 2023 yil sentyabridan 2025 yilning iyunigacha Italiya terma jamoasini boshqargan.

Chempionlar ligasi va A Seriyadagi so‘nggi 8 uchrashuvda g‘alaba qozona olmagan “Yuventus” 27 oktyabr kuni bosh murabbiy Igor Tudor bilan xayrlashdi.

Kiritildi: 09:37 31.10.2025. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!