Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Soyabon orqali sodir etilgan jinoyat yoki Georgiy Markovning sirli o‘limi

Soyabon orqali sodir etilgan jinoyat yoki Georgiy Markovning sirli o‘limi

Georgiy Markov – Bolgariyada mashhur bo‘lgan yozuvchi va dramaturg, bir paytlar hukumat rahbari Todor Jivkovning oilasiga yaqin inson bo‘lgan.

U katta nashriyotlarda ishlagan, madaniyat vaziri bo‘lgan Lyudmila Jivkova bilan do‘st edi. Lekin Markov kommunistik rejimni ochiq tanqid qila boshlaganidan so‘ng, hokimiyat bilan munosabati buziladi.

1969 yili Italiyaga sayohatga chiqqan Markov Vatanga qaytmaslikka qaror qiladi. U Buyuk Britaniyada yashay boshlab, BBC, Deutsche Welle va Radio Free Europe orqali Bolgariyadagi rejimni qat’iy tanqid qila boshlaydi. O‘z chiqishlarida Todor Jivkovni ham fosh qiladi.

1978 yil 7 sentyabr kuni, Londondagi Vaterloo ko‘prigi yaqinida Markovning yelkasiga kimdir yengilgina turtib o‘tadi. U buni oddiy to‘qnashuv deb o‘ylaydi. Lekin oradan bir necha soat o‘tgach, harorati ko‘tariladi, ahvoli og‘irlashadi. Shifoxonaga yotqizilgan Markov 4 kundan so‘ng vafot etadi.

Vaqtincha tushunarsiz bo‘lib turgan o‘lim sababi keyinchalik patologoanatom tomonidan aniqlanadi: Markovning oyog‘idan millimetrdan kichik, ko‘zga ko‘rinmas metall kapsula topiladi. Uning ichida esa risin — o‘ta kuchli zahar bo‘lgan. Ushbu kapsula soyabonning maxsus maxfiy mexanizmi orqali otilgan.

Soyabon – jomadonsimon qurol bo‘lib, u ichidan pnevmatik (havo bosimida ishlaydigan) tugma orqali zaharli pilyulya “ukol” singari odam teri ostiga yuboriladigan qilib ishlangan. Hech kim shubha qilmaydi, zararlanuvchi esa og‘riqni sezmagan bo‘lishi mumkin.

Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari va tarixchilarning fikricha, bu ishni bolgar razvedkasi tashkil qilgan, SSSR KGBsi esa ularga texnik yordam bergan. O‘sha kun, 7 sentyabr Bolgariya yetakchisi Jivkovning tug‘ilgan kuni bo‘lgan. Ba’zilar buni maxsus “sovg‘a” deb baholaydi.

1993 yilda KGBning sobiq generali Oleg Kalugin ushbu operasiya haqida Skotlend-Yardga ma’lumot bergan. Lekin dalillar yetarli bo‘lmagani bois ish sudga yetmagan. 2013 yilda ish muddati tugagani sababli rasman yopilgan.

Kiritildi: 14:30 04.05.2025. O'qildi: 1216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!