Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Soxta tadbirkor tomonidan yetkazilgan zarar MIB orqali undirildi

Soxta tadbirkor tomonidan yetkazilgan zarar MIB orqali undirildi

Fuqaro A.E tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi jamiyat rahbari bo‘lib ishlab yurgan davrida “Garant bank” AJ To‘rtko‘l filialidan tadbirkorlik faoliyatini olib borish maqsadida ko‘p miqdorda kredit olgan bo‘lib, kreditga olgan pul mablag‘larini maqsadsiz sarflab, rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Etkazilgan zararning 294 mln. so‘mini undirish haqida Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi tomonidan 08.11.2024 yilda qaror chiqarilgan.

Ushbu sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqa Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, qarzdorning nomida aniqlangan 2 ta SHANXI rusumli yuk avtomashinalari xatlovga olinib, auksion savdosiga chiqarilgan.

Ushbu mulklar o‘tkazilgan auksion savdolarida sotilgan bo‘lib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdor tomonidan bankka yetkazilgan 294 mln. so‘m jinoiy zararlarni qoplash uchun joriy yilning 18-sentyabr kuni yo‘naltirilib, sud qarori ijrosi ta’minlangan.

Kiritildi: 21:37 30.09.2025. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!