Sinoptiklarning ma’lumot berishicha, mamlakatimiz hududida kuzatilayotgan sovuq antisiklon ta’siri 5 dekabrgacha saqlanib qoladi.
29 noyabrdan havo yanada sovushi va bosim oshishi kutilmoqda. Bu esa:
• kechalari sezilarli sovuq;
• kunduzi nisbatan iliq ob-havo;
• ertalablari kuchli tuman tushishi ehtimolini oshiradi.
Shuningdek, antisiklon uzoq davom etishi natijasida inversiya holati kuchayib, havoda chang, tutun va mayda zarrachalar miqdori ortishi mumkin.
Aholi mazkur sharoitlarda ehtiyot choralariga amal qilishi tavsiya etiladi.